# Uy-joy kodeksi — 41-modda. Fuqarolarning munitsipal va idoraviy uy-joy fondi uylaridan turar joyni mulk qilib olishi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/UJK/41 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Munitsipal va idoraviy uy-joy fondi uylaridagi turar joyni ijaraga yoki arendaga berish shartnomasida ijaraga, arendaga oluvchining oʻzi egallab turgan, arendaga olgan turar joyni sotib olish huquqi nazarda tutilishi mumkin. Munitsipal va idoraviy uy-joy fondidagi bunday turar joylarni sotib olish tartibi qonunchilikda belgilanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/UJK)