# Uy-joy kodeksi — 43-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlariga berilgan uylardagi, shuningdek ulushli ishtirok etish tartibida qurilgan uylardagi turar joyga koʻchib kirish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/UJK/43 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tomonidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga berilgan munitsipal va idoraviy uy-joy fondi uylarida boʻshayotgan turar joylar, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning ulushli ishtirok etish tartibida topshirilgan mablagʻlariga qurilgan uylarda boʻshayotgan turar joylar birinchi navbatda ushbu korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan xodimlariga koʻchib kirish uchun beriladi. Bunday koʻchib kirish tartibi, uy berilgan yoki qurilish tugallangan vaqtidan qatʼi nazar, qoʻllanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/UJK)