# Uy-joy kodeksi — 49-modda. Ijaraga beruvchining ijara shartnomasi boʻyicha majburiyatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/UJK/49 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi boʻsh turar joyni doimiy yashash uchun yaroqli holatda berishi shart. Ijaraga beruvchi ijaraga berilgan turar joy joylashgan uy lozim darajada saqlanishini amalga oshirishi, ijaraga oluvchiga haq evaziga zarur kommunal xizmatlar koʻrsatishi yoki xizmatlar koʻrsatilishini taʼminlashi, koʻp kvartirali uyning umumiy foydalanishdagi mol-mulki taʼmirlanishini taʼminlashi shart. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/UJK)