# Uy-joy kodeksi — 55-modda. Vaqtincha boʻlmagan ijaraga oluvchining hamda uning oila aʼzolarining huquq va majburiyatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/UJK/55 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Agar turar joyni ijaraga oluvchi vaqtincha boʻlmasa, munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyda yashovchi oila aʼzolari oʻzlari egallab turgan barcha turar joylardan avvalgi shartlar asosida foydalanishga haqlidirlar. Bunda ular ushbu turar joyni ijaraga berish shartnomasi boʻyicha huquq va majburiyatlarga ega boʻladilar. Vaqtincha boʻlmagan fuqaroning foydalanish huquqi saqlanadigan uy-joy maydoni ortiqcha uy-joy maydoni deb hisoblanmaydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/UJK)