# Uy-joy kodeksi — 58-modda. Turar joyni ikkilamchi ijaraga berishga yoʻl qoʻyilmaydigan shart-sharoitlar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/UJK/58 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Munitsipal va idoraviy uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ikkilamchi ijaraga berishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyilmaydi: agar ikkilamchi ijaraga oluvchining koʻchib kirishi oqibatida har bir yashovchiga toʻgʻri keladigan umumiy maydon belgilangan normadan kamayib ketsa; agar unda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatdagi ayrim surunkali kasalliklarning ogʻir turlari bilan kasallangan shaxslar yashayotgan boʻlsa; ijaraga beruvchining roziligi boʻlmasa; ijaraga oluvchining. uning voyaga yetgan oila aʼzolarining, u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning roziligi boʻlmasa; turar joyni ikkilamchi ijaraga berish qoidalarida belgilangan boshqa hollarda. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/UJK)