# Uy-joy kodeksi — 6-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasidagi ishtiroki > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/UJK/6 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasida: fuqarolarga uy-joy fondidan foydalanishda hamda uning saqlanishini taʼminlashda koʻmaklashadi; kommunal xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan kommunal xizmatlar koʻrsatish sifati, imoratlar qurish hamda hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni saqlash qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi; kam taʼminlangan oilalarning, yetim bolalarning, ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning, shuningdek tabiiy ofatlardan va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan jabr koʻrgan fuqarolarning uy-joy, maishiy sharoitlarini yaxshilash toʻgʻrisida tegishli davlat organlariga takliflar kiritadi; qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/UJK)