# Uy-joy kodeksi — 64-modda. Rekonstruksiya yoki kapital taʼmirlash natijasida uy-joy maydoni oʻlchami tubdan oʻzgargan taqdirda ijaraga oluvchiga boshqa turar joy berish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/UJK/64 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ijaraga oluvchi, uning oila aʼzolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar egallab turgan munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni rekonstruksiya yoxud kapital taʼmirlash natijasida saqlab qolish mumkin boʻlmaganda yoki u tubdan kengayganda, torayganda ijaraga oluvchiga va uning oila aʼzolariga, shuningdek u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarga kapital taʼmirlash boshlangunga qadar shu aholi punkti chegarasi doirasida boshqa obod turar joy berilishi kerak. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/UJK)