# Uy-joy kodeksi — 68-modda. Bir oilaga birlashgan ijaraga oluvchilarning talabi boʻyicha turar joyni ijaraga berish shartnomasining oʻzgartirilishi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/UJK/68 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylarida alohida ijara shartnomalariga binoan yashayotgan fuqarolar bir oilaga birlashganlari taqdirda oʻzlari egallab turgan barcha turar joy uchun ulardan birortasi bilan yagona ijara shartnomasi tuzilishini talab qilishga haqlidirlar. Ijaraga beruvchining yagona ijara shartnomasi tuzishni rad etganligi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/UJK)