Boshqa turar joy bergan holda xizmat turar joylaridan quyidagilar koʻchiriladilar:
I va II guruh nogironlari;
1941 — 1945-yillardagi urush faxriylari va baynalmilalchi jangchilar;
harbiy xizmatni oʻtayotganida halok boʻlgan yoki bedarak yoʻqolgan harbiy xizmatchilarning oilalari;
nogiron farzandlari boʻlgan oilalar;
tarbiyachi-ota-onalar, oilaviy bolalar uyi tugatilgan taqdirda;
xizmat turar joyi bergan tashkilotlarda kamida oʻn yil ishlagan (xizmat qilgan) shaxslar;
egallab turgan lavozimi munosabati bilan turar joy berilgan boʻlib, lavozimidan boʻshagan, lekin turar joyni bergan korxona, muassasa, tashkilot bilan mehnat munosabatlarini uzmagan shaxslar;
xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining oʻzgarishi yoxud korxona, muassasa, tashkilot tugatilishi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxslar;
oʻzi ishlagan korxona, muassasa, tashkilotdan pensiyaga chiqqan xodimlar;
xizmat turar joyi berilgan shaxs vafot etganda uning oila aʼzolari;
voyaga yetmagan farzandlari bilan birga yashayotgan yolgʻiz shaxslar.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan fuqarolarga shu Kodeksning 9-moddasida belgilangan talablarga javob beradigan hamda ushbu aholi punkti chegarasi doirasida boʻlgan turar joy beriladi.