# Uy-joy kodeksi — 87-modda. Turar joyni arendaga berish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/UJK/87 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Arendaga beruvchi turar joyni arendaga oluvchiga yashash uchun yaroqli holatda hamda ushbu Kodeksning 9-moddasiga binoan turar joylarga nisbatan qoʻyiladigan talablarga javob beradigan holatda arendaga berishi shart. Arendaga beruvchi arendaga berilayotgan turar joyning muhandislik qurilmalari va konstruksiyalaridagi shartnoma tuzilayotgan paytda aniqlangan yoki aniqlanmagan barcha nuqsonlar, nosozliklar uchun javobgar boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/UJK)