# Uy-joy kodeksi — 89-modda. Turar joyni keyinchalik sotib olish sharti bilan arendaga berish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/UJK/89 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Arendaga oluvchi arendaga beruvchining roziligi bilan arendaga berilgan turar joyni toʻlaligicha yoki qisman sotib olishi mumkin. Arendaga berilgan turar joyni sotib olish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Turar joyni arendaga berish va sotib olish shartnomasi tuzilayotgan, oʻzgartirilayotgan, bekor qilinayotganda yuzaga keladigan nizolar sud tartibida koʻrib chiqiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/UJK)