# Uy-joy kodeksi — 96-modda. Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/UJK/96 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Uy-joy qurish kooperativi fuqarolar oʻz mablagʻlari bilan birgalikda qurilishda ishtirok etishi yoʻli bilan kelgusida uydan (uylardan) foydalanish va ularning saqlanishini taʼminlash uchun tashkil etiladi. Uy-joy kooperativi yangi, rekonstruksiya qilingan imoratlarni sotib olish va kelgusida uydan (uylardan) foydalanish uchun tashkil etiladi. Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari fuqarolarning ixtiyoriy birlashuvi asosida tashkil etiladigan matlubot kooperativlari hisoblanadi. Agar kooperativning barcha aʼzolari turar joylarning mulkdorlari boʻlsalar, ular uy-joy mulkdorlari shirkatiga birlashish huquqiga ega boʻladilar. Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari belgilangan tartibga muvofiq davlat roʻyxatidan oʻtgan paytdan boshlab yuridik shaxs hisoblanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/UJK)