# Uy-joy kodeksi — 97-modda. Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlariga kirish huquqi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/UJK/97 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Fuqarolar oʻzlarining uy-joy sharoitlarini yaxshilash uchun uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativlariga kirish huquqiga egadirlar. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativlari davlat roʻyxatidan oʻtgandan keyin kirish badalini hamda turar joyning qurilish yoki xarid qiymatiga nisbatan ustavda yoxud shartnomada belgilangan oʻz pay badallari qismini toʻlagan muassis-fuqarolar shu kooperativlarning aʼzosi deb tan olinadi. Kooperativ boshqaruv organining qaroriga binoan belgilangan miqdordagi kirish hamda pay badallarini toʻlagan fuqarolar faoliyat koʻrsatayotgan uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining aʼzosi boʻlishlari mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/UJK)