# Yer kodeksi — 10-1-modda. Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/YK/10-1 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish turlari yer uchastkasida amalga oshirilishi mumkin boʻlgan faoliyatning yoʻl qoʻyiladigan turlaridir. Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari hududning funksional zonalashtirilishini belgilovchi shaharsozlik hujjatlari bilan asosiy, shartli ruxsat etilgan va yordamchi turi sifatida belgilanadi. Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari va kapital qurilish obyektlarining yagona klassifikatoriga muvofiq koʻrsatiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/YK)