# Yer kodeksi — 10-2-modda. Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/YK/10-2 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turi yer uchastkasi qaysi faoliyatni yuritish maqsadlari uchun moʻljallangan boʻlsa, oʻsha faoliyatning asosiy turini aks ettiradi. Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turi u toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Kadastr va koʻchmas mulkni roʻyxatga olishning integratsiyalashgan axborot tizimiga kiritilgan kundan eʼtiboran belgilangan hisoblanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/YK)