# Yer kodeksi — 10-3-modda. Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/YK/10-3 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi yer uchastkasidagi faoliyat turi boʻlib, uni amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish va shaharsozlik reglamentida belgilangan shartlarga rioya etish talab qilinadi. Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi u toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Kadastr va koʻchmas mulkni roʻyxatga olishning integratsiyalashgan axborot tizimiga kiritilgan kundan eʼtiboran belgilangan hisoblanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/YK)