# Yer kodeksi — 10-5-modda. Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlarini oʻzgartirish tartibi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/YK/10-5 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirish uning huquq egasining arizasiga koʻra amalga oshiriladi. Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirish uchun ariza davlat xizmatlari markazi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali beriladi. Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishga doir maʼmuriy reglament Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning yordamchi turini oʻzgartirish uning huquq egasi tomonidan shaharsozlik reglamentida nazarda tutilgan yordamchi turlar orasidan faoliyat turlarini tanlash yoʻli bilan mustaqil ravishda amalga oshiriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/YK)