# Yer kodeksi — 24-3-modda. Yer uchastkasini unga boʻlgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, ijara yoki mulk huquqini saqlab qolgan holda vaqtincha foydalanishga berish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/YK/24-3 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Dehqon xoʻjaliklari va shaxsiy tomorqa yer uchastkalari egalari oʻziga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, ijara yoki mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini yoki ularning bir qismini qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtirish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarga vaqtincha foydalanishga berishi mumkin. Yer uchastkasidan vaqtincha foydalanish tartibi taraflarning kelishuvi asosida belgilanadi. Bunda dehqon xoʻjaliklari va shaxsiy tomorqa yer uchastkalari egalarining ushbu yer uchastkalariga boʻlgan huquqi saqlanib qoladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/YK)