# Yer kodeksi — 30-1-modda. Servitut toʻgʻrisidagi shartnoma > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/YK/30-1 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Yer uchastkasiga nisbatan servitut toʻgʻrisidagi shartnoma yozma shaklda tuziladi. Servitut toʻgʻrisidagi shartnomada quyidagi shartlar koʻrsatilishi kerak: servitut belgilanishi kerak boʻlgan yer uchastkasining kadastr raqami; servitutni belgilashning maqsadlari va asoslari; shartnoma taraflari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; servitutning amal qilish muddati; servitut uchun belgilangan haq miqdori (mavjud boʻlganda); shartnoma taraflarining huquq va majburiyatlari hamda javobgarligi; belgilangan servitut muddati tugaganidan keyin yer uchastkasini undan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish haqidagi servitut majburiyati. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/YK)