Servitut quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
servitut ishtirokchilarining oʻzaro kelishuviga koʻra;
yer egasining, yerdan foydalanuvchining, yer uchastkalari ijarachisi va mulkdorining yoki servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxsning asoslangan talabiga koʻra;
servitutdan uzoq muddat (kamida uch yil) foydalanilmaganda;
servitutning amal qilish muddati tugaganda;
agar servitut belgilash uchun sabab boʻlib xizmat qilgan asoslar oʻz ahamiyatini yoʻqotgan boʻlsa;
qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra.
Servitutni bekor qilish toʻgʻrisida servitut ishtirokchilari oʻrtasida kelishuvga erishilmagan taqdirda, servitut sud tomonidan bekor qilinishi mumkin.