# Yer kodeksi — 31-modda. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqning vujudga kelishi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/YK/31 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkasiga boʻlgan huquqi joyning oʻzida chegaralar belgilanganidan, yer uchastkalarining planlari (chizmalari) va tavsiflari tuzilib, yer uchastkalariga boʻlgan huquq davlat roʻyxatiga olinganidan keyin vujudga keladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/YK)