YK · 49-1-modda

49-1-modda. Tajriba-ishlab chiqarish, oʻquv, oʻquv-tajriba va oʻquv-ishlab chiqarish xoʻjaliklariga hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalariga yer uchastkalarini berish

Tajriba-ishlab chiqarish, oʻquv, oʻquv-tajriba va oʻquv-ishlab chiqarish xoʻjaliklariga hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalariga qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari belgilangan tartibda qishloq xoʻjaligi sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish, taʼlim maqsadlari, tovar qishloq xoʻjaligini yuritish hamda ilgʻor tajribani targʻib qilish uchun beriladi.

Tajriba-ishlab chiqarish, oʻquv, oʻquv-tajriba va oʻquv-ishlab chiqarish xoʻjaliklariga hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari yer uchastkalarini ijaraga yoki ikkilamchi ijaraga berish huquqiga ega emas.

Tajriba-ishlab chiqarish, oʻquv, oʻquv-tajriba va oʻquv-ishlab chiqarish xoʻjaliklariga hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalariga berilgan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda imoratlar va inshootlar qurishga mazkur yerlarning toifasi ushbu Kodeksning 9-moddasida nazarda tutilgan tartibda oʻzgartirilganidan keyin yoʻl qoʻyiladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.