# Yer kodeksi — 59-modda. Shaharlar va posyolkalar yerlarining tarkibi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/YK/59 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Shaharlar va posyolkalarning maʼmuriy chegaralaridagi barcha yerlar shaharlar va posyolkalarning yerlari jumlasiga kiradi. Bu yerlar tarkibiga quyidagilar kiradi: 1) shahar va posyolka qurilishi yerlari; 2) umumiy foydalanishdagi yerlar; 3) qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlar va boshqa yerlar; 4) daraxtzorlar egallagan yerlar; 5) sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar; 6) muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yerlari; 7) suv fondi yerlari; 8) zaxira yerlar. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/YK)