# Yer kodeksi — 61-modda. Shaharlar va posyolkalarda yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish), olib qoʻyish va qayta sotib olish tartibi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/YK/61 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Shaharlar va posyolkalarda yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) ushbu Kodeksning 23-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Shaharlarda va posyolkalarda yer uchastkalarini olib qoʻyish, qayta sotib olish ushbu Kodeksning 37-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi. Shaharlarda, posyolkalarda qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun foydalaniladigan yerlari va boshqa yerlarini olib qoʻyish ushbu Kodeksning 37-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Fuqarolar egaligidagi, koʻp yillik dov-daraxtlar egallagan yer uchastkalarini olib qoʻyish yoki fuqarolarga mulk huquqi asosida qarashli boʻlgan uy-joylarni buzish bilan bogʻliq holda yer uchastkalarini olib qoʻyish ushbu Kodeksning 86-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/YK)