# Yer kodeksi — 65-modda. Shaharlar va posyolkalardagi qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan va boshqa yerlar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/YK/65 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Shaharlar va posyolkalardagi qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan va boshqa yerlarga qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlarining egaligidagi haydaladigan yerlar, bogʻlar, uzumzorlar, tutzorlar, mevazorlar, polizlar, pitomniklar, yaylovlar, pichanzorlar, sugʻorish, zax qochirish va yoʻl tarmogʻi, imoratlar, hovlilar, maydonlar egallab turgan va boshqa yerlar kiradi. Shaharlar va posyolkalarning chegarasidagi qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlarda hamda boshqa yerlarda imoratlar va inshootlar qurishga bu yerlar ushbu Kodeksning 9-moddasiga muvofiq yer fondining boshqa toifasiga oʻtkazilganidan keyin yoʻl qoʻyiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/YK)