YK · 72-modda

72-modda. Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga moʻljallangan yerlar

Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga moʻljallangan yerlar jumlasiga davlat qoʻriqxonalarining, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalarining, tabiat bogʻlarining, davlat tabiat yodgorliklarining, ayrim tabiiy obyektlar hamda majmualarni saqlab qolish, takror koʻpaytirish va tiklash uchun moʻljallangan hududlarning, muhofaza etiladigan landshaftlarning, ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun moʻljallangan hududlarning, davlat biosfera rezervatlarining, milliy bogʻlarning qonunchilikda belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarga tabiatni muhofaza qilish maqsadlari uchun berilgan yerlari kiradi. Mazkur yerlarda ulardan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlariga zid boʻlgan har qanday faoliyat taqiqlanadi.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga salbiy taʼsirning oldini olish maqsadida davlat qoʻriqxonalari, buyurtma qoʻriqxonalar va davlat tabiat yodgorliklari atrofida ularning rejimiga rioya etilishini taʼminlashga zararli taʼsir etadigan xoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyat cheklangan yoki taqiqlangan holda muhofaza zonalari tashkil etiladi.

Milliy bogʻlarning yerlari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga moʻljallangan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish tartibi qonunchilikda belgilanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.