# Yer kodeksi — 76-modda. Oʻrmon fondi yerlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/YK/76 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Oʻrmon xoʻjaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlar oʻrmon fondi yerlari deb eʼtirof etiladi. Boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar oʻrmonzorlar barpo etish, jarliklarning kengayishini toʻxtatish, shaharlar va sanoat markazlari atrofida ihota oʻrmonzorlar va koʻkalamzor zonalar yaratish uchun belgilangan tartibda oʻrmon fondi yerlari tarkibiga oʻtkazilishi mumkin. Davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari oʻrmon fondining foydalanilmayotgan yerlarini jismoniy va yuridik shaxslarga elektron onlayn-auksion orqali ijara huquqi asosida berishi mumkin. Oʻrmon fondining foydalanilmayotgan yerlari jismoniy va yuridik shaxslarga investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik asosida uch yildan kam boʻlmagan va qirq toʻqqiz yildan oshmaydigan muddatga ijaraga berilishi mumkin. Oʻrmon fondi yerlaridan foydalanish tartibi maxsus qonunchilik bilan belgilanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/YK)