# Yer kodeksi — 78-modda. Zaxira yerlar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/YK/78 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ushbu Kodeks 8-moddasining 1-7-bandlarida koʻrsatilgan yer fondi toifalariga kiritilmagan hamda yuridik va jismoniy shaxslarga egalik qilish, foydalanish uchun, ijaraga va mulk qilib berilmagan (realizatsiya qilinmagan) barcha yerlar zaxira yerlardir. Zaxira yerlar yer fondi toifasi oʻzgartirilmagan holda davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi, tumanlar, shaharlar ijro etuvchi hokimiyat organlarining tasarrufida boʻladi va ushbu Kodeksga muvofiq asosan qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun berishga moʻljallanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/YK)