# Yer kodeksi — 83-1-modda. Yer uchastkalarini ajratish, ulardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/YK/83-1 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Yer uchastkalarini ajratish, ulardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Yer uchastkalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan, yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshirmaslikka, oʻzboshimchalik bilan yer uchastkalarini egallab olishga yoki ularning chegaralarini oʻzgartirishga, yerlarning toifasidan qatʼi nazar, barcha turdagi binolar va inshootlarni oʻzboshimchalik bilan qurishga yoʻl qoʻymaslik ustidan davlat nazoratini amalga oshirish xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish hisoblanmaydi. Maxsus vakolatli davlat organlari yer uchastkalarini ajratish bilan bogʻliq zarur statistik axborotni, tahliliy materiallarni, hujjatlarni, boshqa axborotni, qarorlarni hamda boshqa hujjatlarni, shu jumladan ochiq tanlovlarga va elektron onlayn-auksionlarga taalluqli axborotni davlat organlari va tashkilotlaridan yoki ularning mansabdor shaxslaridan begʻaraz asosda soʻrash va olishga haqli. Davlat organlari, tashkilotlari va mansabdor shaxslar soʻralayotgan axborotni maxsus vakolatli davlat organlariga besh ish kuni ichida taqdim etishi kerak. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/YK)