# Ajrashish ZAGS orqalimi yoki sud orqalimi? > HuquqTech · https://huquqtech.uz/savol/ajrashish-zags-orqalimi-sud-orqalimi > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. **Huquq sohalari:** Oila huquqi ## Qisqa javob Ikkalasi ham mumkin, lekin sharti boshqa. Er-xotinning o'zaro roziligi bo'lsa va nizo bo'lmasa — qayd etish organlarida; nizo yoki voyaga yetmagan bolalar bo'lsa — sud orqali. Nikohdan sud tartibida ajratish alohida tartibga solingan: sud taraflarni murosaga keltirishga harakat qilishi va muhlat berishi mumkin. Er-xotindan birining arizasi bo'yicha qayd etish organlarida ajratish ham nazarda tutilgan — lekin faqat qonunda ko'rsatilgan alohida hollarda. ## Qonun asosi ### OK 38-modda — Nikohdan ajratish tartibi > Nikohdan ajratish sud tartibida, ushbu Kodeksning 42 va 43-moddalarida nazarda tutilgan hollarda esa, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida amalga oshiriladi. https://huquqtech.uz/qonun/OK/38 ### OK 40-modda — Nikohdan sud tartibida ajratish > Nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi ishlar sud tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida daʼvo ishlarini hal qilish uchun belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi. Sud ishning koʻrilishini keyinga qoldirib, er-xotinga yarashish uchun olti oygacha muhlat tayinlashga haqli. Sud er-xotinga yarashish uchun muhlat tayinlab, ishning koʻrilishini keyinga qoldirgan taqdirda, er-xotinning birga yashash joyidagi fuqarolar yigʻinining yarashtirish komissiyasini, agar ular birga yashamayotgan boʻlsa, har birining yashash joyidagi fuqarolar yigʻinining yarashtirish komissiyasini er-xotinni yarashtirish boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun uch kundan kechiktirmasdan yozma ravishda xa… https://huquqtech.uz/qonun/OK/40 ### OK 42-modda — Er-xotinning oʻzaro roziligi boʻlganda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida nikohdan ajratish > Voyaga yetmagan bolalari boʻlmagan er-xotin nikohdan ajratishga oʻzaro rozi boʻlsalar, ular nikohdan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida ajratiladi. Er-xotin oʻrtasida mehnatga layoqatsiz muhtoj er yoki xotinga moddiy taʼminot berish toʻgʻrisida yoki ularning birgalikdagi umumiy mulki boʻlgan mol-mulkni boʻlish toʻgʻrisida nizo boʻlgan taqdirda er-xotin yoki ulardan biri nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli. https://huquqtech.uz/qonun/OK/42