# Nikoh shartnomasi nima va u nimani hal qiladi? > HuquqTech · https://huquqtech.uz/savol/nikoh-shartnomasi-nima > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. **Huquq sohalari:** Oila huquqi ## Qisqa javob Nikoh shartnomasi — er-xotinning mulkiy huquq va majburiyatlarini belgilaydigan kelishuv. U faqat MULKIY masalalarni tartibga soladi; shaxsiy munosabatlarni belgilay olmaydi. Shartnomani nikohdan oldin ham, nikoh davrida ham tuzish mumkin. Uning mazmuniga qo'yiladigan talablar alohida moddada belgilangan. Bir tarafni o'ta noqulay ahvolga soladigan shartlar haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Shuning uchun shartnoma matni ikkala taraf uchun ham tushunarli va muvozanatli bo'lishi kerak. ## Qonun asosi ### OK 29-modda — Nikoh shartnomasi > Nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotinning nikohda boʻlgan davrida va (yoki) er va xotin nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishuvi nikoh shartnomasi deb hisoblanadi. https://huquqtech.uz/qonun/OK/29 ### OK 30-modda — Nikoh shartnomasi tuzish > Nikoh shartnomasi nikoh davlat roʻyxatiga olinguniga qadar ham, shuningdek nikoh davrida ham tuzilishi mumkin. Nikoh davlat roʻyxatiga olingunga qadar tuzilgan nikoh shartnomasi nikoh davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab kuchga kiradi. Nikoh shartnomasi yozma shaklda tuziladi va notarial tartibda tasdiqlanishi lozim. https://huquqtech.uz/qonun/OK/30 ### OK 31-modda — Nikoh shartnomasining mazmuni > Er va xotin nikoh shartnomasiga koʻra birgalikdagi umumiy mulkning qonunda belgilangan (ushbu Kodeksning 23-moddasi) tartibini oʻzgartirishga, er va xotinning barcha mol-mulkiga, uning ayrim turlariga yoxud er va xotindan har birining mol-mulkiga nisbatan birgalikdagi, ulushli yoki alohida egalik qilish tartibini oʻrnatishga haqlidir. Nikoh shartnomasi er va xotinning mavjud mol-mulkiga nisbatan ham, boʻlgʻusi mol-mulkiga nisbatan ham tuzilishi mumkin. Er va xotin nikoh shartnomasida oʻzaro moddiy taʼminot berish, oila xarajatlarini koʻtarish, bir-birining daromadida ishtirok etish, boshqa shaxslar bilan mulkiy shartnomalar tuzish, birgalikda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish boʻyic… https://huquqtech.uz/qonun/OK/31