# Servitut nima va u qanday belgilanadi? > HuquqTech · https://huquqtech.uz/savol/servitut-nima > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. **Huquq sohalari:** Uy-joy va yer huquqi ## Qisqa javob Servitut — o'zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (masalan, o'tish yoki quvur o'tkazish uchun). U shartnoma bilan yoki qonunda ko'rsatilgan tartibda belgilanadi. Servitut to'g'risidagi shartnoma va uning ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari alohida moddalarda belgilangan. Servitut uchun haq to'lash ham nazarda tutilgan. Muhim jihat: yer uchastkasiga bo'lgan huquq boshqa shaxsga o'tkazilganda servitut SAQLANADI — ya'ni yangi mulkdor uni tan olishi shart. ## Qonun asosi ### YK 30-modda — Oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) > Oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) — koʻchmas mulk (yer uchastkasi, boshqa koʻchmas mulk) egasining qoʻshni yer uchastkasidan, zarur hollarda esa boshqa yer uchastkasidan ham cheklangan tarzda foydalanish huquqidir. Servitut quyidagi maqsadlarda belgilanishi mumkin: oʻzganing yer uchastkasi orqali piyoda yoki transportda oʻtish; oʻzganing yer uchastkasida drenaj ishlari oʻtkazish; oʻzganing yer uchastkasidan elektr uzatish, aloqa liniyalari va truboprovodlar, irrigatsiya, muhandislik va boshqa liniyalar hamda tarmoqlar oʻtkazish va ulardan foydalanish; oʻzganing yer uchastkasidan ekinzorlarni va qishloq xoʻjaligi hayvonlarini sugʻorish uchun suv olish… https://huquqtech.uz/qonun/YK/30 ### YK 30-1-modda — Servitut toʻgʻrisidagi shartnoma > Yer uchastkasiga nisbatan servitut toʻgʻrisidagi shartnoma yozma shaklda tuziladi. Servitut toʻgʻrisidagi shartnomada quyidagi shartlar koʻrsatilishi kerak: servitut belgilanishi kerak boʻlgan yer uchastkasining kadastr raqami; servitutni belgilashning maqsadlari va asoslari; shartnoma taraflari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; servitutning amal qilish muddati; servitut uchun belgilangan haq miqdori (mavjud boʻlganda); shartnoma taraflarining huquq va majburiyatlari hamda javobgarligi; belgilangan servitut muddati tugaganidan keyin yer uchastkasini undan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish haqidagi servitut majburiyati. https://huquqtech.uz/qonun/YK/30-1 ### YK 30-6-modda — Servitut uchun haq toʻlash > Servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxs, agar qonunda yoki servitut toʻgʻrisidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, servitut uchun haq toʻlashi shart. Servitut uchun haq servitut belgilangan yer uchastkasi uchun yer soligʻi (ijara haqi) summasini, shuningdek servitutdan foydalanish jarayonida yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlariga yetkazilgan zararni (boy berilgan foydani) kompensatsiya qilish maqsadida belgilanadi. Servitut uchun haq toʻlash bir martalik yoki muntazam toʻlab boriladigan koʻp martalik toʻlov tarzida amalga oshirilishi mumkin. Servitut uchun haq miqdori servitut belgilangan … https://huquqtech.uz/qonun/YK/30-6