# Shartnoma qachon tuzilgan hisoblanadi? > HuquqTech · https://huquqtech.uz/savol/shartnoma-qachon-tuzilgan-hisoblanadi > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. **Huquq sohalari:** Shartnoma va fuqarolik huquqi ## Qisqa javob Shartnoma taraflar barcha muhim shartlar bo'yicha kelishuvga erishganda va bu kelishuv talab qilinadigan shaklda rasmiylashtirilganda tuzilgan hisoblanadi. Jarayon ikki bosqichdan iborat: oferta (taklif) va aksept (rozilik). Ularning muddatlari va oqibatlari alohida moddalarda batafsil yozilgan. Shartnoma tuzish erkinligi asosiy tamoyil: hech kim shartnoma tuzishga majburlanmaydi, faqat qonunda ko'rsatilgan hollar bundan mustasno. ## Qonun asosi ### FK 365-modda — Shartnomaning tuzilish payti > Oferta yoʻllagan shaxs uning akseptini olgan paytda shartnoma tuzilgan hisoblanadi. Agar qonunga muvofiq shartnoma tuzish uchun mol-mulkni topshirish ham zarur boʻlsa, shartnoma tegishli mol-mulk topshirilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi (ushbu Kodeksning 185-moddasi). https://huquqtech.uz/qonun/FK/365 ### FK 367-modda — Oferta > Bir yoki bir necha muayyan shaxsga yuborilgan, yetarli darajada aniq boʻlgan va taklifni kiritgan shaxsning oʻzini taklif yoʻllangan va uni qabul qiladigan shaxs bilan shartnoma tuzgan deb hisoblash niyatini ifoda etadigan taklif oferta hisoblanadi. Ofertada shartnomaning muhim shartlari ifoda qilingan boʻlishi kerak. Oferta uni yoʻllagan shaxsni oferta yoʻllangan shaxs bilan u ofertani olgan paytdan boshlab bogʻlaydi. Agar ofertani chaqirib olish toʻgʻrisidagi bildirish ofertaning oʻzidan oldin yoki u bilan bir vaqtda kelgan boʻlsa, oferta olinmagan hisoblanadi. https://huquqtech.uz/qonun/FK/367 ### FK 370-modda — Aksept > Oferta yuborilgan shaxsning uni qabul qilganligi haqidagi javobi aksept hisoblanadi. Aksept toʻliq va pisandasiz boʻlishi kerak. Agar qonundan, ish muomalasi odatidan yoki taraflarning ish boʻyicha avvalgi munosabatlaridan boshqacha maʼno kelib chiqmasa, sukut saqlash aksept boʻlmaydi. Ofertani akseptlash uchun belgilangan muddatda olgan shaxsning unda koʻrsatilgan shartnoma shartlarini bajarish yuzasidan qilgan harakatlari (tovarlarni joʻnatish, xizmatlar koʻrsatish, ishlar bajarish, tegishli summani toʻlash va h. k.), agar qonunchilikda yoki ofertada boshqacha tartib nazarda tutilmagan yoki koʻrsatilmagan boʻlsa, aksept hisoblanadi. https://huquqtech.uz/qonun/FK/370