# Shartnoma yozma shaklda bo'lishi shartmi? > HuquqTech · https://huquqtech.uz/savol/shartnoma-yozma-shaklda-bolishi-shartmi > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. **Huquq sohalari:** Shartnoma va fuqarolik huquqi ## Qisqa javob Har doim emas, lekin ko'p hollarda ha. Bitimning oddiy yozma shakli qonunda belgilangan hollarda majburiy; unga rioya qilmaslikning aniq oqibatlari bor. Eng muhim oqibat: yozma shaklga rioya qilinmasa, nizo chiqqanda GUVOHLAR KO'RSATUVIGA tayanish imkoni cheklanadi. Ya'ni pul berganingizni guvoh bilan isbotlash qiyinlashadi. Ayrim bitimlar notarial tasdiqlanishi yoki davlat ro'yxatidan o'tkazilishi shart — bu talablarga rioya qilmaslikning oqibatlari ham alohida belgilangan. ## Qonun asosi ### FK 107-modda — Bitimning yozma shakli > Yozma shaklda tuzilgan bitimni, agar ish muomalasi odatlaridan boshqacha tartib kelib chiqmasa, taraflar yoki ularning vakillari imzolashi kerak. Agar qonunchilikka yoki ishtirokchilardan birining talablariga zid boʻlmasa, bitim tuzish chogʻida imzodan faksimile usulida nusxa koʻchirish vositalaridan foydalanilishiga yoʻl qoʻyiladi. Ikki taraflama bitimlar har birini berayotgan taraf imzolaydigan hujjatlarni oʻzaro ayirboshlash yoʻli bilan tuzilishi mumkin. Xatlar, telegrammalar, telefonogrammalar, teletaypogrammalar, fakslar yoki subyektlarni va ular xohish-irodasining mazmunini ifodalaydigan boshqa hujjatlarni oʻzaro ayirboshlash, agar qonunchilikda yoki taraflarning kelishuvida boshqacha … https://huquqtech.uz/qonun/FK/107 ### FK 108-modda — Bitimning oddiy yozma shakli > Notarial tasdiqlanishi talab etiladigan bitimlardan tashqari, quyidagi bitimlar oddiy yozma shaklda tuziladi: 1) yuridik shaxslarning oʻzaro va fuqarolar bilan bitimlari; 2) fuqarolar oʻrtasidagi belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan ortiq summadagi bitimlar, qonunda belgilangan hollarda esa — bitim summasidan qatʼi nazar, boshqa bitimlar. Ushbu Kodeksning 106-moddasiga muvofiq ogʻzaki tuzilishi mumkin boʻlgan bitimlar uchun oddiy yozma shaklga rioya etish talab qilinmaydi. https://huquqtech.uz/qonun/FK/108 ### FK 109-modda — Bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik oqibatlari > Bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib kelmaydi, biroq nizo chiqqan taqdirda taraflarni bitimning tuzilganligini, mazmunini yoki bajarilganligini guvohlarning koʻrsatuvlari bilan tasdiqlash huquqidan mahrum qiladi. Taraflar bitimning tuzilganligini, mazmuni yoki bajarilganligini yozma yoki boshqa dalillar bilan tasdiqlashga haqlidirlar. Qonunda yoki taraflarning kelishuvida toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatilgan hollarda bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib keladi. https://huquqtech.uz/qonun/FK/109