# Sifatli tovarni almashtirish mumkinmi? > HuquqTech · https://huquqtech.uz/savol/tovarni-almashtirish-tartibi > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. **Huquq sohalari:** Iste'molchi huquqlari ## Qisqa javob Ha, qonun iste'molchining maqbul sifatli tovarni almashtirib olish huquqini alohida nazarda tutgan. Nuqsonli tovarni almashtirish tartibi esa boshqa moddada belgilangan. Almashtirishning shartlari va istisnolari qonunda belgilangan: ayrim tovar turlari uchun bu huquq qo'llanilmaydi. Amaliy maslahat: chek, kafolat talonini va o'ram(qadoq)ni saqlang. Chek yo'qolgan bo'lsa ham huquq yo'qolmaydi — xaridni boshqa dalillar (bank ko'chirmasi, guvohlar) bilan isbotlash mumkin. ## Qonun asosi ### IHQ 18-modda — Isteʼmolchining maqbul sifatli tovarni almashtirib olish huquqi > Isteʼmolchi maqbul sifatli nooziq-ovqat tovarini xarid qilgan kunidan eʼtiboran oʻn kun ichida ushbu tovar sotib olingan joydagi sotuvchidan uni ayni shunday tovarga almashtirib olishga bunday tovar sotuvda boʻlmasa, pulini qaytarib olishga haqli. Agar tovardan foydalanilmagan, u shikastlanmagan, qadogʻi bilan qaytarilgan boʻlsa, uning isteʼmol xususiyatlari saqlangan va ushbu sotuvchidan sotib olganligini tasdiqlovchi asoslar boʻlsa, isteʼmolchining tovarni almashtirish yoxud qaytarib olish haqidagi talabi qanoatlantirilishi lozim. Agar taraflarning kelishuvida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, isteʼmolchi tomonidan toʻlangan pul summasini unga qaytarish tovar uchun haq toʻlash qan… https://huquqtech.uz/qonun/IHQ/18 ### IHQ 14-modda — Nuqsonli tovarni almashtirib berish tartibi > Isteʼmolchi tovarning ishlab chiqarilishiga, tuzilishiga, tarkibiga doir kamchiliklarni yoki boshqa nuqsonlarni aniqlagan taqdirda sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) uni ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovarga yetti kunlik muddatda, tovar sifatini sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan qoʻshimcha ravishda tekshirish zarur boʻlganida esa, isteʼmolchi talab qoʻygan paytdan eʼtiboran yigirma kun ichida almashtirib berishi shart. Ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovar boʻlmagan taqdirda, isteʼmolchining almashtirib berish xususidagi talabi daʼvo qilingan paytdan eʼtiboran bir oy ichida qondirilishi kerak. Choʻl va olis joylarda, tovarlar vaqti-vaqti bilan olib boriladigan joylarda… https://huquqtech.uz/qonun/IHQ/14