Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 7-sentabrdagi PQ-460-sonli qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining faoliyatini tashkil qilishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 4-apreldagi PF-3592-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga* muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining raisi B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 21-noyabr,
PF-3820-son