PF-3840-son Farmon · 03.01.2007

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-3840
  • Qabul qilingan sana:03.01.2007
  • Kuchga kirgan sana:03.01.2007
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 1-2

Turar joy binolarini sifatli kapital taʼmirlash, shuningdek aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi farmonlariga oʻzgartishlar kiritilsin:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy mulkdorlari shirkatlarining faoliyatini rivojlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2002-yil 26-fevraldagi PF-3038-son Farmonining 3-bandidagi “2006” raqami “2007” raqami bilan almashtirilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini ijtimoiy muhofaza qilish va kommunal xizmat koʻrsatish korxonalarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 23-sentabrdagi PF-3662-son Farmonining:

1-bandidagi “2006-yilda” soʻzlari “2006-2007-yillarda” soʻzlari bilan almashtirilsin;

2-bandining ikkinchi xatboshidagi “2006-yilgi” soʻzlari “2006-2007-yillardagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

3-bandining ikkinchi xatboshidagi “2006-yil” va “2007-yildan boshlab” soʻzlari tegishli ravishda “2006-2007-yillar” va “2008-yildan boshlab” soʻzlari bilan almashtirilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2007-yil 3-yanvar,

PF-3840-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.