PF-3846-son Farmon · 18.01.2007

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-3846
  • Qabul qilingan sana:18.01.2007
  • Kuchga kirgan sana:18.01.2007
  • Rasmiy nashr:ЎР ҚT 3

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzavtoyoʻl” Davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 14-noyabrdagi PQ-511-sonli qaroriga muvofiq:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ilovaga muvofiq baʼzi hujjatlariga oʻzgartishlar kiritilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2007-yil 18-yanvar,

PF-3846-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 18-yanvardagi PF-3846-sonli Farmoniga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartishlar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllari qurish va ulardan foydalanishni boshqarish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 19-avgustdagi PF-3292-sonli Farmonida:

1-bandning uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

3-banddagi “hududiy shuʼba yoʻl-qurilish tashkilotlari” soʻzlari “hududiy yoʻl-ekspluatatsiya tashkilotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 25-oktabrdagi PQ-499-sonli qarorida:

a) 1-ilovadagi 18-bandning ikkinchi xatboshidagi “hududiy shuʼba yoʻl-qurilish tashkilotlari” soʻzlari “hududiy yoʻl-ekspluatatsiya tashkilotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 2-ilovadagi 4-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshidagi hamda 8-bandning oʻn oltinchi xatboshidagi “hududiy shuʼba yoʻl-qurilish tashkilotlari” soʻzlari “hududiy yoʻl-ekspluatatsiya tashkilotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;

v) oʻn toʻrtinchi xatboshidagi “hududiy shuʼba yoʻl-qurilish tashkilotlari” soʻzlari “hududiy yoʻl-ekspluatatsiya tashkilotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;

g) 3-ilovada:

7-bandning “e” kichik bandidagi “pul yutuqli oʻyin avtomatlarini ishlatishdan” soʻzlari chiqarib tashlansin;

9-bandning toʻrtinchi xatboshidagi va 30-banddagi “hududiy shuʼba yoʻl-qurilish tashkilotlari” soʻzlari “hududiy yoʻl-ekspluatatsiya tashkilotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;

10-banddagi, 29-bandning “b” kichik bandi uchinchi va toʻrtinchi xatboshidagi “hududiy shuʼba yoʻl-qurilish tashkilotlari” soʻzlari “hududiy yoʻl-ekspluatatsiya tashkilotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;

29-bandning “g” kichik bandi ikkinchi va uchinchi xatboshidagi “hududiy shuʼba yoʻl-qurilish tashkilotlari” soʻzlari “hududiy yoʻl-ekspluatatsiya tashkilotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.