Tijorat banklarining kapitallashuv darajasini yanada oshirish, aholining va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank tizimiga ishonchini mustahkamlash, ularning daromadlarini legallashtirish, depozit hisobvaraqlaridagi qoʻyilmalar hajmini koʻpaytirish, shuningdek naqd pul mablagʻlarining bankdan tashqari aylanmasini qisqartirish maqsadida:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 12-oktabrdagi PF-4148-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi:
banklar va boshqa kredit tashkilotlarining faoliyatiga aralashish, shuningdek ulardan bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar berishni huquqqa zid tarzda talab qilish kabi hollarga yoʻl qoʻymaslik borasida bank siri toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirsin;
ushbu qaror talablarini buzuvchi aybdor mansabdor shaxslarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Bosh prokuratura, Markaziy bank, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
vazirliklar va idoralar tomonidan oʻz normativ hujjatlari mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 12-yanvar,
PQ-565-son