PQ-559-son Qaror · 11.01.2007

Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-559
  • Qabul qilingan sana:11.01.2007
  • Kuchga kirgan sana:11.01.2007
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 1-2

“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq:

1. Quyidagilar tasdiqlansin:

Umumjahon pochta ittifoqining Umumiy reglamenti (Buxarest, 2004-yil 5-oktabr);

(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 4-martdagi PQ-1495-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)

(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 4-martdagi PQ-1495-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)

2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnomalar kuchga kirishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi zarur boʻlgan ichki davlat tartib-qoidalarini bajargani toʻgʻrisida tegishli bildirishnomalar yoʻllasin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri hamda Vazirlar Mahkamasi tegishli komplekslarining, vazirliklar va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari ijrosi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 18-maydagi PQ-78-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2007-yil 11-yanvar,

PQ-559-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.