PQ-555-son Qaror · 08.01.2007

Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari qishloq aholi punktlarining suv taʼminoti va sanitariyasi” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-555
  • Qabul qilingan sana:08.01.2007
  • Kuchga kirgan sana:08.01.2007
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:Ведомости палат Олий Мажлиса 1

Kommunal xizmat koʻrsatish sohasida bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, resurslarni tejash siyosatini amalga oshirish, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari qishloqlarining infratuzilmasini takomillashtirish hamda aholini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlashni yaxshilash maqsadida:

1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Direktorlar Kengashi Oʻzbekiston Respublikasiga “Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari qishloq aholi punktlarining suv taʼminoti va sanitariyasi” loyihasini (keyingi oʻrinlarda matnda — loyiha deb yuritiladi) amalga oshirish uchun 17,291 mln. SDR miqdorida (ekvivalenti 25,0 mln. AQSh dollariga teng), sakkiz yillik imtiyozli davrni ham hisobga olgan holda uzish muddati 32 yil boʻlgan qarz berishni maʼqulladi.

2. Belgilansinki:

OTB qarzi Oʻzbekiston Respublikasi bilan OTB oʻrtasida tuzilgan Qarz bitimi asosida Oʻzbekiston Respublikasiga beriladi;

Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi qarz mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish hamda loyihani amalga oshirishga javobgar ijro etuvchi agentlik hisoblanadi;

investitsiya davri (2007—2010-yillar)da qarz boʻyicha foizlarni toʻlash OTB qarz mablagʻlari hisobidan qoplanadi;

2011-yildan boshlab qarzni uzish va foizlarini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari suv taʼminoti tashkilotlari mablagʻlari, yetishmagan qismi esa respublika budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

3. Quyidagilar:

“Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari qishloq aholi punktlarining suv taʼminoti va sanitariyasi” loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar bilan 1-ilovaga muvofiq;

loyihani moliyalashtirish sxemasi hamda rejasi 2 va 2a-ilovalarga muvofiq;

OTB qarzini uzish va foizlarini toʻlash jadvali 3, 3a va 3b-ilovalarga muvofiq;

loyihani amalga oshirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri OTB bilan tuzilgan Qarz bitimini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi bilan Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi oʻrtasida qayta kreditlash toʻgʻrisidagi Bitimni Oʻzbekiston Respublikasi nomidan imzolashga;

Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligining Bosh direktori Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi bilan OTB oʻrtasidagi Loyiha bitimini, shuningdek Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi bilan Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari hokimliklari oʻrtasidagi subqarz bitimlarini imzolashga vakil etib tayinlansin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi bilan OTB oʻrtasida tuzilgan Qarz bitimi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi bilan Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi oʻrtasida qayta kreditlash toʻgʻrisidagi Bitim boʻyicha tegishli hujjatlar taqdim etilgandan soʻng belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.

6. Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi hamda Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari hokimliklari zimmasiga loyiha boʻyicha tender hujjatlarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda — qarz mablagʻlarini jamlash va qaytarish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun javobgarlik yuklansin.

7. Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi:

loyiha mablagʻlari hamda OTB qarzidan maqsadli va samarali foydalanish ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin;

loyihani amalga oshirishda, jumladan loyiha doirasida soliq imtiyozlari va preferensiyalari berish hisobidan qoʻshadigan Hukumat ulushining qatʼiy hisob-kitob qilinishini taʼminlasin;

umuman loyiha boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish vazifasini — Loyihani boshqarish guruhi (Toshkent shahri), Qashqadaryo viloyati boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish vazifasini — Qarshi shahrida tashkil etilgan “Guliston, Jizzax va Qarshi shaharlari suv taʼminoti tizimini takomillashtirish” Loyihasini amalga oshirish guruhi zimmasiga yuklasin;

bir hafta muddatda, belgilangan tartibda, Navoiy shahrida 5 kishidan iborat Loyihani amalga oshirish guruhini tuzsin, uning zimmasiga Navoiy viloyati boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish vazifasini yuklasin;

Loyihani boshqarish guruhi va loyihani amalga oshirish guruhlari faoliyatining OTB qarzi mablagʻlari hisobidan milliy valyuta “soʻm”da moliyalashtirilishini taʼminlasin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2011-yildan boshlab, har yili davlat budjetini shakllantirishda OTB asosiy qarzi va qarz boʻyicha foizlar toʻlashda hududiy suv taʼminoti tashkilotlari ushbu maqsadlarga yoʻnaltiradigan shaxsiy mablagʻlarining yetishmaydigan qismiga zarur mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi 2008 — 2010-yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturini shakllantirishda, 2a-ilovaga muvofiq, loyihani moliyalashda Oʻzbekiston ulushini qoplash uchun markazlashtirilgan manbalar hisobidan kapital qoʻyilmalarining yillik limitini nazarda tutsin.

10. Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari hokimliklari zimmasiga 2a-ilovaga muvofiq loyihani oʻz vaqtida qoʻshma moliyalashni taʼminlash uchun javobgarlik, shuningdek 3, 3a va 3b-ilovalarga muvofiq OTB asosiy qarzi va qarz foizlarini toʻlash boʻyicha zarur mablagʻlar hududiy suv taʼminoti tashkilotlari tomonidan oʻz vaqtida jamlanishini nazorat qilish vazifasi yuklansin.

11. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq loyiha doirasidagi investitsiya davri mobaynida, bevosita yetkazib beruvchilardan va pudratchilardan sotib olinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bojxona toʻlovlari toʻlashdan, davlatning maqsadli jamgʻarmalariga toʻlanadigan barcha turdagi soliqlar, majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod etilishi (yagona ijtimoiy toʻlovlar va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) maʼlumot uchun qabul qilinsin. Mazkur imtiyozlarni berish natijasida boʻshaydigan mablagʻlar summasi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining loyihani amalga oshirishga qoʻshadigan ulushi hisoblanadi.

Investitsiya davri mobaynida pudratchilarga loyihani amalga oshirish doirasida buyurtmachiga toʻlash uchun taqdim etiladigan bajarilgan ishlar hajmiga nisbatan, istisno tariqasida, QQSning nulinchi stavkasini qoʻllashga ruxsat berilsin.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligining talabnomalariga koʻra, 2011-yilgacha boʻlgan davr mobaynida, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarning kirish vizalari konsullik yigʻimi va boshqa yigʻimlar undirib olinmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.

13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligining talabnomalariga koʻra, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek vaqtincha roʻyxatda turish va uning muddatini uzaytirishni taʼminlasin hamda ular davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin.

14. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va N.M. Xanov zimmalariga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2007-yil 8-yanvar,

PQ-555-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 8-yanvardagi PQ-555-son qaroriga 1-ILOVA

“Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari qishloq aholi punktlarining suv taʼminoti va sanitariyasi” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari

Izoh. Yakuniy qiymat koʻrsatkichlari, shu jumladan soliq va bojlarning miqdori uskunalarni yetkazib berish hamda tizimlarni rekonstruksiya qilish va tiklash boʻyicha ishlarni bajarish yuzasidan tender natijalari boʻyicha aniqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 8-yanvardagi PQ-555-son qaroriga 2-ILOVA

“Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari qishloq aholi punktlarining suv taʼminoti va sanitariyasi” loyihasini moliyalashtirish

Izoh. Moʻljaldagi maʼlumotlarga loyihaning amalda borishi va tender savdolari natijalariga qarab aniqlik kiritilishi lozim.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 8-yanvardagi PQ-555-son qaroriga 2a-ILOVA

“Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari qishloq aholi punktlarining suv taʼminoti va sanitariyasi” loyihasini moliyalashtirish

Izoh. Moʻljaldagi maʼlumotlarga loyihaning amalda borishi va tender savdolari natijalariga qarab aniqlik kiritilishi lozim.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 8-yanvardagi PQ-555-son qaroriga 3-ILOVA

“Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari qishloq aholi punktlarining suv taʼminoti va sanitariyasi” loyihasi boʻyicha OTB qarzini uzish va foizlarni toʻlash

* Toʻlov summalari OTB qarz mablagʻlarining haqiqatda oʻzlashtirilgan sanalariga qarab aniqlashtiriladi.

** SDR — maxsus qarz olish huquqi. Kurs 1 SDR = 1,4458 AQSh dollari deb qabul qilingan.

*** Loyihani amalga oshirish davrida (2007 — 2010-yil) OTB qarzi hisobiga foizlarni toʻlash koʻzda tutilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 8-yanvardagi PQ-555-son qaroriga 3a-ILOVA

Qashqadaryo viloyati boʻyicha OTB qarzini uzish va foizlarni toʻlash

* Toʻlov summalari OTB qarz mablagʻlarining haqiqatda oʻzlashtirilgan sanalariga qarab aniqlashtiriladi.

** SDR — maxsus qarz olish huquqi. Kurs 1 SDR = 1,4458 AQSh dollari deb qabul qilingan.

*** Loyihani amalga oshirish davrida (2007 — 2010-yillar) OTB qarzi hisobiga foizlarni toʻlash koʻzda tutilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 8-yanvardagi PQ-555-son qaroriga 3b-ILOVA

Navoiy viloyati boʻyicha OTB qarzini uzish va foizlarni toʻlash

* Toʻlov summalari OTB qarz mablagʻlarining haqiqatda oʻzlashtirilgan sanalariga qarab aniqlashtiriladi.

** SDR — maxsus qarz olish huquqi. Kurs 1 SDR = 1,4458 AQSh dollari deb qabul qilingan.

*** Loyihani amalga oshirish davrida (2007 — 2010-yil) OTB qarzi hisobiga foizlarni toʻlash koʻzda tutilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 8-yanvardagi PQ-555-son qaroriga 4-ILOVA

Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari qishloq aholi punktlarining suv taʼminoti va sanitariyasi” loyihasini amalga oshirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash

Izoh: Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan shaxslar kiritiladi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.