PQ-621-son Qaror · 13.04.2007

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tashkiliy tuzilmasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-621
  • Qabul qilingan sana:13.04.2007
  • Kuchga kirgan sana:13.04.2007
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 16

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish va ish samaradorligini oshirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimi tugatilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining markaziy apparati tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tashkiliy tuzilmasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 2006-yil 1-dekabrdagi PQ-520-sonli qarorining ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S. Shamshiyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2007-yil 13-aprel,

PQ-621-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 13-apreldagi PQ-621-son qaroriga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining markaziy apparati tuzilmasi

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.