PF-3883-son Farmon · 05.06.2007

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-3883
  • Qabul qilingan sana:05.06.2007
  • Kuchga kirgan sana:05.06.2007
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 23

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2007-yil 14-martdagi PF-3860-sonli Farmoniga muvofiq:

1. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-martdagi PF-3860-sonli Farmoni 5-bandidagi qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Neft va gaz konlarini razvedka qilish hamda ularni qazib chiqarishga bevosita xorijiy sarmoyalarni jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 28-apreldagi PF-2598-sonli Farmoni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining vaqtinchalik xarakterdagi alohida qarorlariga muvofiq bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod etish boʻyicha ilgari berilgan imtiyozlar muddati oʻtgandan soʻng tatbiq etilmaydi.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.

3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini takomillashtirish masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisi xizmati (I.B. Abdullayev) zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2007-yil 5-iyun,

PF-3883-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 5-iyundagi PF-3883-sonli Farmoniga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar

(1—4-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 17-iyundagi PF-4116-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 282-modda)

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2006 — 2008-yillarda Toʻqimachilik sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish va texnikaviy qayta jihozlash dasturi toʻgʻrisida” 2006-yil 13-noyabrdagi PQ-510-sonli qarorining 5-bandi “kiritilgan korxonalar” soʻzidan soʻng “mazkur qarorda nazarda tutilgan loyihalar boʻyicha” soʻzlari bilan toʻldirilsin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.