PF-3876-son Farmon · 11.05.2007

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish va ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-3876
  • Qabul qilingan sana:11.05.2007
  • Kuchga kirgan sana:11.05.2007
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 19-20

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2007-yil 12-martdagi PQ-601-sonli hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2007-yil 22-martdagi PQ-607-sonli qarorlariga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2007-yil 11-may,

PF-3876-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 11-maydagi PF-3876-son Farmoniga 1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartishlar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Temir-tersak, qora va rangli metallar chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlashga topshirishni nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 19-dekabrdagi F-2400-son farmoyishi ilovasining uchinchi xatboshidagi “Qurbanov D. — Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, metallurgiya va mashinasozlik masalalari axborot-tahlil departamenti yetakchi mutaxassisi” soʻzlari “Qurbanov D. — Mashinasozlik, metallurgiya, geologiya, mineral xomashyo qazib olish va qayta ishlashni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-iyuldagi PF-5111-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 11-maydagi PF-3876-son Farmoniga 2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqottan hujjatlari roʻyxati

1. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 6-iyuldagi PF-3767-sonli Farmoni ilovasining 6-bandi.

2. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlari va qarorlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 14-sentabrdagi PF-3800-sonli Farmoni ilovasining 4-bandi.

(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)

4. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 17-apreldagi PQ-324-sonli qarori ilovasining 2-bandi.

5. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 6-iyundagi PQ-369-sonli qarorining 2-bandi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.