PF-3874-son Farmon · 02.05.2007

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar hamda respublikaning budjet muassasalari va tashkilotlarida ish haqi miqdorlarini oshirish toʻgʻrisida” 1995-yil 16-avgustdagi PF-1213-sonli Farmoniga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-3874
  • Qabul qilingan sana:02.05.2007
  • Kuchga kirgan sana:02.05.2007
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 17-18

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish va mustahkamlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2007-yil 19-martdagi PF-3864-sonli Farmoniga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar hamda respublikaning budjet muassasalari va tashkilotlarida ish haqi miqdorlarini oshirish toʻgʻrisida” 1995-yil 16-avgustdagi PF-1213-sonli Farmoni 8-bandining birinchi xatboshi quyidagi yangi tahrirda bayon etilsin:

“Budjet hisobidan pul bilan taʼminlanuvchi muassasalar va tashkilotlarning xodimlarini ragʻbatlantirish maqsadida ularga mehnat haqi fondining 15 foizi miqdorida, bolalar, qariyalar va nogironlarning “Muruvvat” va “Saxovat” internat-uylari, jismoniy rivojlanish imkoniyati cheklangan va jismoniy nuqsonlari boʻlgan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kollejlar, urush va mehnat faxriylari sanatoriylari, nogironlar reabilitatsiya markazlari va uyda ijtimoiy yordam koʻrsatish xizmati xodimlarini ragʻbatlantirish uchun — mehnat haqi fondining 25 foizi miqdorida xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondini tashkil qilishga ruxsat berilsin”.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2007-yil 2-may,

PF-3874-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.