PF-3942-son Farmon · 17.12.2007

Faxriy unvonlar uchun toʻlovlar miqdorini oshirish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-3942
  • Qabul qilingan sana:17.12.2007
  • Kuchga kirgan sana:17.12.2007
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:Ведомости палат Олий Мажлиса 12

Mamlakatimiz ilm-fani, adabiyoti va sanʼatini, iqtisodiy va intellektual salohiyatini rivojlantirishga, Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi obroʻ-eʼtiborini oshirish, xalqimizning madaniyati va maʼnaviyatini yuksaltirishga, sogʻlom va barkamol avlodni tarbiyalashga katta hissa qoʻshib kelayotgan shaxslarni munosib ragʻbatlantirish va qoʻshimcha ravishda moddiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida:

1. 2008-yilning 1-yanvaridan boshlab davlatimizning faxriy unvonlariga sazovor boʻlgan shaxslar — “Xalq” va “Xizmat koʻrsatgan arbob” faxriy unvonlari egalari uchun berib kelinayotgan toʻlovlar bazaviy hisoblash miqdorining 2 barobari, “Xizmat koʻrsatgan” faxriy unvoni sohiblari uchun esa bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobari miqdorida oshirilib, har oylik toʻlovlarning miqdori ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

* Ilova rus tilidagi matda berilgan.

(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)

2. Belgilab qoʻyilsinki, faxriy unvonlar egalariga, shu jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi faxriy unvon egalariga toʻlovlar har oyda quyidagi mablagʻlar hisobidan toʻlanadi:

budjet tashkilotlarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarga — tegishli budjetlar hisobidan;

xoʻjalik hisobidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarga — xoʻjalik yurituvchi subyektlarning oʻz mablagʻlari hisobidan;

pensiya oluvchilarga — pensiya tayinlangan tashkilot orqali respublika budjeti va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan;

nafaqa oluvchilarga — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan respublika budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddatda faxriy unvonlar egalariga toʻlovlarni tayinlash va amalga oshirish tartibini tasdiqlasin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

5. Mazkur farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2007-yil 17-dekabr,

PF-3942-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.