Oʻzbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida” 2008-yil 17-apreldagi Qonuniga muvofiq hamda odam savdosiga qarshi kurashish faoliyatini takomillashtirish maqsadida:
1. 2008—2010-yillarda odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish boʻyicha Milliy tadbirlar rejasi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari 2008—2010-yillarda odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish boʻyicha Milliy tadbirlar rejasiga kiritilgan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlasin.
(3 — 5-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-maydagi PQ-2988-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 21-son, 388-modda)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda odam savdosi jabrdiydalariga yordam koʻrsatish va himoya qilish boʻyicha ixtisoslashtirilgan muassasalar tuzish va ularning faoliyatini tashkil etish, ushbu muassasalar tomonidan odam savdosida jabr koʻrganlarni ijtimoiy jihatdan tiklash ishlarini amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilsin hamda odam savdosi jabrdiydalariga yordam koʻrsatish va himoya qilish boʻyicha ixtisoslashtirilgan muassasalar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
7. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.B. Abdullayev zimmalariga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 8-iyul,
PQ-911-son