PQ-970-son Qaror · 03.10.2008

Samarqand viloyati hokimligi boshqaruv apparati tuzilmasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-970
  • Qabul qilingan sana:03.10.2008
  • Kuchga kirgan sana:03.10.2008
  • Rasmiy nashr:Ведомости палат Олий Мажлиса 10

1. Samarqand viloyati hokimligi boshqaruv apparati tuzilmasida sanoat, tadbirkorlik, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha hokimning birinchi oʻrinbosari lavozimi tugatilsin hamda sanoat, tadbirkorlik, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha hokim oʻrinbosari lavozimi kiritilsin.

2. Samarqand viloyati hokimligi boshqaruv apparatining xodimlar cheklangan soni 48 kishidan iborat yangilangan tuzilmasi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

* Ilova berilmaydi.

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 3-yanvardagi PQ-1456-sonli qarori tahririda)

3. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2008-yil 3-oktabr,

PQ-970-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.