PQ-968-son Qaror · 29.09.2008

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-968
  • Qabul qilingan sana:29.09.2008
  • Kuchga kirgan sana:29.09.2008
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 40-41

Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga qisman oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 2008-yil 8-avgustdagi 174-sonli qarori qabul qilinishi munosabati bilan:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.

2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2008-yil 29-sentabr,

PQ-968-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-sentabrdagi PQ-968-son qaroriga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartishlar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Temir-tersak, qora va rangli metallar chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlashga topshirishni nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 19-dekabrdagi F-2400-son farmoyishi ilovasining uchinchi xatboshidagi “D. Qurbonov” va “Mashinasozlik, metallurgiya, geologiya, mineral xomashyo qazib olish va qayta ishlashni rivojlantirish masalalari Axborot-tahlil departamentining” soʻzlari tegishli ravishda “lavozimi boʻyicha” va “Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari Axborot-tahlil departamentining” soʻzlariga almashtirilsin.

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-iyuldagi PF-5111-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.