PQ-1124-son Qaror · 04.06.2009

Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-1124
  • Qabul qilingan sana:04.06.2009
  • Kuchga kirgan sana:04.06.2009
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 23

1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ummon Sultonligi Hukumati oʻrtasida 2009-yil 30-mart kuni Toshkent shahrida imzolangan:

Daromadlarning ikki yoqlama soliqqa tortilishiga yoʻl qoʻymaslik hamda daromad va kapital soliqlarini toʻlashdan boʻyin tovlashning oldini olish toʻgʻrisidagi;

Investitsiyalarni ragʻbatlantirish va oʻzaro himoya qilish toʻgʻrisidagi bitimlar tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnomalar kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-qoidalari bajarilgani toʻgʻrisida tegishli bildirishnoma yoʻllasin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2009-yil 4-iyun,

PQ-1124-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.